«Bu yerda shayboniylar osmonining baxti, olam sultoni, nozikligi va go‘zalligi Kanʼon oyining (go‘zal Yusuf) havasini keltirgan zot yotibdi. Taqdir o‘zi qilgan shafqatsizlik va adolatsizligidan afsus-nadomat qiladi, falak vafosizligidan afsuslanadi. Bevafo falakning «noto‘g‘ri qadamidan» yovuzlik hosil bo‘ladi. Ana shu yovuzlik dunyo aholisiga talafot keltiradi. Agar aql sendan uning o‘limi yili tarixi haqida so‘rasa, unga: «Oh, Muhammad Shoh Shayboniy o‘limiga ming afsus» deb javob bergil» (V.A. Jukovskiy tarjimasi).
Tosh boqiylik ramzi sanalgan, Xitoy va Mo‘g‘ulistonda nihoyat qadrlangan nefritga o‘xshab ketadi: Go‘ri Amir maqbarasidagi Temurning qabr toshi ham shu toshning quyuq yashil rangli turidan yasalgani tasodif emas.
Shayboniyxon yodgorligidagi bezak XIV–XV asrlarga xosdir. Biroq mehrobning ikki tomonidagi tokchada yoki kirish joyi tokchalari va ustida joylashgan epitafiya XVI–XVII asrlarda O‘rta Osiyoda keng tarqalgan nastaʼliq yozuv turi bilan ifoda etilgan.
Shunday qilib, aytish mumkinki, temuriylar davriga oid qabrtoshning yon qismi o‘zbek xonligi asoschisi nomini Movarounnahrda abadiylashtirish uchun ishlatilgan. Balki bu holat uning va safaviylar shohi Ismoil o‘rtasidagi jangda 1510 yili kutilmagan holda halok bo‘lgani bilan bog‘liqdir. Shayboniyxonning jasadi Samarqanddagi Registon maydonining shimolida qurilgan madrasaning hovlisida to‘rtburchakli marmar bilan qoplangan balandlikda dafn etilgan. Keyin uning dafn etilgan joyiga qora marmardan yasalgan katta marmartosh o‘rnatildi. Mazkur marmartosh Samarqandda shayboniylarning yodgorlik toshlari orasida turgan edi. Oniksdan yasalgan qabr toshi Samarqandning eski qalʼasiga ko‘chirildi. Mazkur tosh Oq darvoza qoldiqlari orasida XIX asrning 60-yillarida topilgan.
Batafil: "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, XV tom, "Davlat Ermitaji to‘plami"da o‘qishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.