ДАВЛАТ ЭРМИТАЖИ ТЎПЛАМИ XIII-XVАСРЛАР МОВАРОУННАҲР САНЪАТИ
Tavsif
Ushbu jild Davlat Ermitaj muzeyi (Sankt-Peterburg) kolleksiyasida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosini aks ettiruvchi kitob-albomning ikkinchi qismdir. Agar ulardan birinchisi qadimgi va ilk o‘rta asrlarga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchisi — rivojlangan o‘rta asrlar davriga, yaʼni O‘zbekiston hozir joylashgan yerlar arablarning taʼrifiga ko‘ra Movarounnahr — “daryo (Amudaryo)ortidagi yerlar” deb atala boshlagan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda siz qoraxoniylar va temuriylar kabi sulolalarning madaniyati haqida turli xildagi maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz, ushbu sulolalar hukmronlik qilgan davr oralig‘ida mo‘g‘ullar hukmronligi ostida bo‘lgan mintaqa qanday yashaganligi haqida bilib olishingiz, shu davrlarlarda yaratilganajoyib osori-atiqalari bilan tanishishingiz mumkin. Ular orasida meʼmoriy bezaklarining fragmentlari, sopol idishlar, torevtika, zargarlik buyumlari, shisha idishlar va boshqa ashyolar bor. “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida ular birinchi marta umumlashtirilgan maxsus tadqiqotningpredmetiga aylandi. Jildda shuningdek, Ermitaj xodimlari tomonidan rivojlangan o‘rta asrlarda gullab-yashnagan manzilgohlarda olib borilgan ekspeditsiya tadqiqotlari haqida maʼlumotlar ham mavjud. Bunday manzilgohlardan biri Buxoro vohasida joylashganko‘hna Poykend shahari bo‘lib, u miloddan avvalgi IV-III asrlarda barpo etilgan. Poykend hududidan topilgan topilmalar orasida V – VI asrlarga oid so‘g‘d jangchilarining qurol-yarog‘, o‘q-dorilariva askariy anjomlar, saroy va ibodatxonalar devoriga chizilgan noyob rasmlarningfragmentlari, X – XI asrlarga oid zargarlik buyumlari, sosoniylar shohi, milodiy VIIasrga qadar hukmronlik qilgan Feruzningchiqargan tangalariga taqlidan zarb qilinganBuxoro kumush tangalari, VIII asrdan X asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrga oid bolalar sopol o‘yinchoqlari, dori-darmon va atir-upasolinadigan idishlar bor.