Amir Temur harbiy yurishlari haqidagi yozuv

Amir Temur harbiy yurishlari haqidagi yozuv

Bu yozuv Karsakpay darasidagi Oltin-Chuku tog‘idan (AFR-5906) topilgan.

 Oltin O‘rdaning shartli chegarasi Sarisuv daryosi hududidan (bugungi Markaziy Qozog‘iston) o‘tgan edi. Yozuv, shubhasiz, harbiy yurishning ko‘lami va ahamiyatini taʼkidlashi kerak. Unda arabcha yozilgan uch qator Qurʼon kalimasi bitigi bor:

«Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan! Hukmdorlarning Rabbi, Haqiqat muqaddasligi, Hushyor himoyachi, Qudratli va kuchli, Hayot va o‘limning donishmand hakami!» 

Qolgan sakkizta qator uyg‘ur alifbosida, chig‘atoy tilida o‘yilgan: 

«Yetti yuz to‘qson uchinchi yil, qo‘y yilining bahordagi o‘rta oyida [1391-yil 6-aprel] Turon sultoni Temurbek bulg‘or xoni To‘xtamishxonga qarshi Islom uchun uch yuz ming askar bilan ko‘tarildi. Bu yerga yetib kelib, u unutilmas belgi sifatida bu qo‘rg‘onni qurdi. Xudo xohlasa, Rabbimiz adolat qilsin! Rabbimiz yurt xalqiga rahm qilsin! Ular bizni ibodat bilan eslashsin!».

Amir Temurning 1391 yilgi harbiy yurishi Kondurcha daryosidagi jang bilan tugadi (Rossiyaning hozirgi Samara viloyati). Oqibatda bu jangda To‘xtamish mag‘lubiyatga uchradi. Biroq 1395-yilda Terek daryosidagi jangda mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng u Oltin O‘rda ustidan hokimiyatni batamom yo‘qotdi. Amir Temurning keyingi harbiy yurishlari natijasida Jo‘chi ulusining eng muhim shaharlari bo‘lmish Saroy Berka, Hoji-Tarxon, Tana vayron etildi.

Shu vaqtdan keyin Buyuk ipak yo‘lining shimoliy qismida savdo susayib, uning Movarounnahrda joylashgan janubiy yo‘nalishida savdo rivojlanib ketdi. Oltin O‘rdaning ishg‘ol qilinishi temuriylar davlati shimoliy chegarasining uzoq vaqt xavfsiz qolishini taminladi.

Batafil: "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, XV tom, "Davlat Ermitaji to‘plami"da o‘qishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi  – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Amir Temur harbiy yurishlari haqidagi yozuv