Basharti ko‘ylaklar kalgay kabi qimmatbaho matolardan tayyorlangan bo‘lsa, old va orqa tomondan tik yoqa tikilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, ko‘ylak eskirsa yoxud kir bo‘lsa, uni boshqa tomonidan kiyish edi. Beli ulama va yenglari orasiga tikilgan burma yoqali ko‘ylak kabi tik yoqa ham tatar modasi ta’sirida yuzaga kelgan.
Boshqa o‘zbek anʼanaviy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLVIII jild), (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.


