Ulardan eng qadimgisi bo‘yralar hisoblanadi. Xususan, ularning hamma yerda keng tarqalganligi ushbu turdagi gilamlarning qadimiyligidan dalolatdir. Biroq to‘qimachilik amaliyoti tajribasidan bizga maʼlumki, usul qanchalik qadimiy bo‘lsa, u shunchalik ko‘p qo‘llaniladi. O‘z navbatida unchalik mashhur bo‘lmagan mahalliy uslublari odatda so‘nggi ixtiro bo‘lib chiqadi.
O‘zbekiston hududida bo‘yralar (parchalari) miloddan avvalgi I mingyillikka oid dafn qilish joylarida aniqlangan. Shuningdek, bronza davri manzilgohlari uy-joylarida to‘rt-uch yarim ming yil avval bo‘yralardan foydalanishgan.
Bugungi kunda O‘rta Osiyoda bo‘yra to‘qish usullaridan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qattiq, silliq, tugallangan tuzilishlar, aynan to‘shamalar, devor gilamlari, parda va eshik pardalari tayyorlashda foydalaniladi.Mintaqada o‘sadigan chiy nomli qiyoq o‘t turining butun poyalari va ularni birlashtiruvchi burama chilvirlar anʼanaviy to‘qish materiallari bo‘lib xizmat qilgan. Bunda o‘simlik nomi undan tayyorlangan bo‘yralar nomiga ham berildi – “chiy”.
O‘zbekiston va unga tutash hududlar aholisi anʼanaviy tarzda ikki turdagi chiylar ishlab chiqaradi: naqshsiz (oq-chiy) va bezakli (chirmagan). Oq-chiylar o‘tovlar konstruksiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Taxta panjara, gumbazli tayoq va “darcha”dan iborat namat “libos” bilan qoplangan o‘tov o‘z sohiblarini qum va qor bo‘ronlari, qo‘yosh jaziramasidan asragan. O‘tovning tashqi qoplamasi namatdan iborat. Ular polning tashqi qoplamasi ham hisoblanadi. Biroq namat qoplama va to‘shamalar ostida unchalik sezilmaydigan yoki umuman ko‘z ilg‘amas bo‘yra devorlar – ashqana hamda o‘tovning tuproqli poliga to‘shalgan bo‘yralar bo‘ladi.
Mavzu doirasida batafsil: “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston gilamdo‘zligi: asrlarga tengdosh an’ana” kitob-albomida (XIV jild) tanishishingiz mumkin. Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
_1.webp)

