Qachonlardir u bilan uchrashgan qo‘sh haydovchi qari chol unga Xudoning vasliga yetishish uchun juda ko‘p vaqt va sabr-toqat talab qilinishini sodda va aniq tilda tushuntirib beradi.
Ayni shu masalga o‘rta asrlarda O‘rta Sharqning o‘z isteʼdodi bilan zamondoshlari orasida va keyingi asrlarda ham juda ko‘plab haqli eʼtiroflariga sabab bo‘lgan sanoqli musavvirlaridan biri bo‘lgan Kamoliddin Behzod siz quyida ko‘rib turgan miniatyurada qiziq va haqqoniy tafsilotlar bilan to‘la turmush manzaralarini aks ettirgan sahnalarni yaratish orqali ushbu g‘oyani ochib beradi.
Oldingi planda, markazda, masalning asosiy qahramonlari – dehqon va shayxning qiyofalarini aks ettirgan Behzod shu yo‘l bilan qo‘sh haydovchi chol so‘zlarining ahamiyatini oshiradi. Qovun sotuvchisi va xaridorlarining harakatlari esa maqsadlarga erishish uchun doimiy mehnat qilish zarurligi haqidagi g‘oyani aniq aks ettiradi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild, 262-sahifa) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.