Qo‘lyozmaga 63 dona miniatyura kiritilgan. Quyida Nizomiyning “Iskandarnoma”siga ishlangan ikki miniatyurani ko‘rib chiqamiz.
“Iskandarnoma” dostonidan navbatdagi miniatyurada Iskandarning Misrga hujum qilgani va uni vayron etgan zanjibarliklar (zanjilar) bilan jangi tasvirlangan. Unda ikki tarafda musiqachilar karnay chalib turgani aks ettirilgan. Ular odat bo‘yicha sarkardaning yonida, bayroqdorlar bilan bir safda tasvirlangan. Zanjibarliklar safida ikki nafar karnaychi, Iskandarning qo‘shinida esa bitta karnaychi ko‘zga tashlanadi.
Keyingi miniatyura ham “Iskandarnoma”dan olingan. Unda Iskandarning Chin malikasi bilan uchrashuvi aks etgan. Biz bu yerda uch nafar musiqachi – daf chalayotgan xonanda, besh torli cholg‘u asbobini (panjtor bo‘lishi kerak) chertayotgan va nay chalayotgan mashshoqlarni ko‘ramiz.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

