Amir Xusrav Dehlaviy qalamiga mansub “Xamsa”ning RMKda saqlanayotgan miniatyuralari

Amir Xusrav Dehlaviy qalamiga mansub “Xamsa”ning RMKda saqlanayotgan miniatyuralari

Amir Xusrav Dehlaviy qalamiga mansub “Xamsa”ning RMKda saqlanayotgan ikkita miniatyurasi "O‘zbekiston madaniy merosi jaxon to‘plamlarida" albomiga kiritilgan bo‘lib, ulardan biri “Xamsa”ning PNS 267 raqamli nusxasidan olingan.

O‘z shakliga ko‘ra bu qimmatbaho qo‘lyozma yo Samarqand, yo Buxoroda 1603–1604-yillarda ko‘chirilgan. Miniatyura beshlikning to‘rtinchi dostoni «Oynai Iskandariy» («Iskandar oynasi»)ga bag‘ishlanadi. Unda dengiz “yovvoyilari” hujum qilgan paytda uning yaqinlari, mulozimlari, tanish-bilishlari aks ettirilgan. Miniatyura Iskandarning dengiz sayohatlariga bag‘ishlangan bob tugagan joyga qistirilgan. Unda aytilishicha, Iskandar butun dunyoni zabt etib bo‘lgach, dengiz tubidagi sirlar bilan qiziqadi. Shu maqsadda u o‘z mulozimlari bilan anjuman o‘tkazadi. Shunda turli olimlar, xususan, Arastuning ishtiroki bilan maxsus kema qurilishi boshlanadi.‌‌ 

Miniatyuraning tepasi va pastida ikkitadan bayt yozilgan bo‘lib, bu sheʼriy parchalarda kemaning ishga tushirilishi, uning egasiga o‘ng va chapdan Xizr va Ilyos, orqadan va oldindan buyuk olimlar Arastu va Balinas (Iskandarning mulozimlaridan bo‘lgan donishmand) hamrohlik qilishadi. Qo‘lyozmaning navbatdagi sahifasida yozilishicha, «rumlik ijrochilar (saroyoni rumiy)» soz chertib qo‘shiq kuylaganda ularning ovozi to falakkacha yetgan. Miniatyurada kamer ansamblining qo‘llarida cholg‘ular (chang, daf, nay) bilan turgani tasvirlanadi. Ular qayiqda saroyning boshqa xizmatchilari bilan turgani ko‘rinadi. Qayiqdagilarning ayrimlari dengiz moʻjizalarini (jumladan, sirenalar – yalang‘och ayollar) ko‘rib hayratda qolishadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.