Ularning barchasi 1950 yillardan boshlab to 2020 yilgacha muzey fondiga qabul qilingan. Mahalliy hunarmandlar o‘z ijodlarida pargori, bag‘dodiy va islimiy kabi o‘ymakorlik uslublaridan foydalanib kelganlar. Pargori uslubining nomlanishi pargor – sirkul so‘zidan kelib chiqqan, chunki ustalar geometrik naqshlarni qo‘llashda aynan shu asbobdan foydalanib kelishgan. O‘ymakorlikda ishlov beriladigan taxtaga avval aylana, kvadrat, uchburchak shakllari chiziladi, so‘ngra esa ularga chiziladigan ingichka va nozik naqshlar chizib, belgilab olinadi. O‘ymakorlik kertiklarining chuqurligi 1 – 1,5 mmni tashkil qiladi.
Bag‘dodiy uslubi esa O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va boshqa davlatlarning o‘ymakorlik sanʼatida ham keng qo‘llanilib keladi. Uning nomi eshiklarning qadimgi filenkali konstruksiyasi nomidan kelib chiqqan bo‘lib, uslubning o‘zi juda oddiy, shuning bilan birga o‘ta bejirim, uning asosida handasaviy naqshlar yotadi va ular asosan eshiklar, ustunlar, panjaralar, stol va stullar ishlab chiqarishda ko‘proq qo‘llaniladi.
Nihoyat, islimiy uslubiga kelsak, bu uslub cheksiz ravishda chirmashib o‘sayotgan o‘simlik gulli bezaklarning klassik ko‘rinishi sanaladi. Uning qo‘shimcha elementlariga qarab o‘zgaruvchi islimiy mehrob, islimiy bodom, islimiy bulbul va boshqa shu kabi ko‘plab turlari mavjud.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” kitob-albomida (XLIII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
2_1.webp)
_1.webp)

