Buxoro yahudiylarining marosim buyumlari to‘plami

Buxoro yahudiylarining marosim buyumlari to‘plami

Buxorolik yahudiylar odatda maishiy marosimlar bilan bog‘liq diniy amallar va urflarga (xatna qilish, nikoh to‘yi va dafn marosimi) qattiq rioya qilganlar, hayot qonuni bilan bog‘liq ahd va urf-odatlarga qoida sifatida jiddiy qaraganlar.

Yahudiylikning tartiblarga amal qilinishiga kelsak, bu narsa ular yashayotgan shaharda boshqa yahudiylar mahallasi bormi, yo‘qmi yoki yahudiy kishi mahallada yoki ko‘p xonadonli uylarda yashayaptimi — shu kabi ko‘pgina jihatlarga bog‘liq bo‘lgan. Shunga qaramay, Buxoro yahudiylari diniy eʼtiqodda anchayin mustahkam bo‘lishgan. Masalan, ko‘p sonligina emas, balki kichik jamoalarda ham minyon (ibodatga yig‘iladigan eng kami o‘n erkakdan iborat guruhlar), hattoki sovet davrlarida ham har kuni ertalab sinagogada to‘plangan.

Marosim buyumlari orasida bosh va qo‘lga taqib yuriladigan bir juft tfilin (filakteriy) ham bor. Tfilin tonggi ibodatda (o‘n uch yoshdan katta bo‘lgan) erkaklarning peshona va chap qo‘li ustiga tasmalar bilan bog‘langan. Charmdan ishlangan qutilarda Tavrotdan ko‘chirmalarni o‘zida saqlagan va tfilin amrini tushuntirib beruvchi teri mavjud bo‘lgan. Tfilinning tashqi ko‘rinishi bir andazaga solinganligi bois, uning qayerda – O‘rta Osiyo, Rossiya yoki Isroilda tayyorlanganini aytib bo‘lmaydi. Mahalliy aholining taʼbiga ko‘ra, eng ko‘p mahalliy xususiyatlarga ega bo‘lgan tfilin-xaltacha (tfilinni saqlovchi, himoyalovchi xaltacha) paxtali matodan tikilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Buxoro yahudiylarining marosim buyumlari to‘plami