Uning tarkibiga Qo‘qon adabiyot muzeyi va uning filiali – sobiq Hamza Hakimzoda Niyoziy memorial muzeyi kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yilda sobiq Hamza memorial muzeyi negizida Buyuk allomalar muzeyi barpo etildi. “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi tarkibiga 6 ta muzey hamda 4 ta madaniy meros yodgorliklari kiradi.
Bular:
– “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasining o‘zi, uning asosiy binosi Xudoyorxon o‘rdasida (saroyida) joylashgan;
– Amaliy sanʼat muzeyi (Jomeʼ masjid-madrasasi);
– Buyuk allomalar muzeyi (muzey uchun qurilgan maxsus bino);
– Adabiyot muzeyi (Davlat bankining sobiq binosi);
– Muqimiy hujra muzeyi (Sohibzoda Hazrat, Miyon Hazrat madrasasi);
– Hamza Hakimzoda Niyoziyning uy-muzeyi (XIX asr anʼanaviy o‘zbek uyi);
– Norbo‘tabiy madrasasi;
– Dahmai Modarixon maqbarasi;
– Dasturxonchi madrasasi;
– Tepaqo‘rg‘on arxeologik yodgorligi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” kitob-albomida (XLIII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
