XX asrda Buxoro yahudiylarining asosiy qismi O‘rta Osiyoning qo‘shni hududlarida va hozirgi O‘zbekiston shaharlarida yashashgan. So‘nggi o‘ttiz yil mobaynida Buxoro yahudiylarining aksariyati AQSHning Nyu-York shtatiga va Isroilga ko‘chib o‘tdi.
Rossiya shaharlarida, Vena (Avstriya), Kanadada esa nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan buxorolik yahudiylar yashaydi.
Yahudiylarning O‘rta Osiyoda qadimdan yashaganliklari haqidagi maʼlumot o‘rta asrlarda bir necha bor qayd etilgan. Shunga qaramay,Buxoro yahudiylarini Xuroson yahudiylaridan alohida xalq sifatida ajratish jarayoni faqat XVI asrdan boshlanib, Sharqiy Eron yahudiylari bilan aloqalarni uzish natijasida XVII asr oxirida tugallangan.
Din tarixi davlat muzeyidagi kichik to‘plam Buxoro yahudiylari anʼanasiga xos bo‘lgan ibodat va kundalik buyumlarning bir butun majmuasini ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Shunga qaramay, bu to‘plam yahudiylar madaniyatini muayyan darajada ifodalovchi bir qator qimmatbaho ashyolarni o‘z ichiga oladi.
Eng avvalo 1692-yilda Buxoroda tuzilgan ktuba (nikoh shartnomasi) diqqatni o‘ziga jalb qiladi. Bu O‘rta Osiyoga taalluqli rus to‘plamining eng eski (u qadar qadimiy bo‘lmasa ham) yahudiy hujjatlaridan biridir. Uning yaratilishi Buxoro yahudiylarining alohida millat sifatida shakllanishi davriga to‘g‘ri keladi. Ktuba, yahudiycha anʼanaviy to‘yning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Odatdagidek oromiy tilda tuzilgan hujjatni kuyov to‘y paytida kelinga topshirgan. Shartnomada kelinning kuyov tomonidan taʼminlanishi va kiyintirilishiga oid majburiyatlari va shuningdek, ajralish yoki o‘lim hodisasi yuz berganida kelin 200 zuz (shartli pul birligi) olishi kerak bo‘lgan. Ktubaning ushbu qismi marosim xususiyatga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, ko‘p hollarda ktubada erning xotini oldidagi haqiqiy majburiyatlari (pul va boshqa masalalarda) qayd etilgan. Mazkur holatda ktubaning ushbu ikki qismli tuzilmasi yaqqol ko‘zga tashlanadi.Uning pastida ikki guvoh hamda kuyovning imzolari bo‘lishi kerak edi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
