Dalvarzintepa va boshqa hududlardan topilgan xazinalar

Dalvarzintepa va boshqa hududlardan topilgan xazinalar

Dalvarzintepadan ajoyib ashyolar ham topilgan.

Bu haqda gap ketganda, avvalo budda haykallari va ibodatxona inshootlari devorlarida tasvirlangan naqshli suratlarni ta’kidlash joiz. 1972 yilda uylardan birining yerto‘lasida milodning birinchi asriga mansub, umumiy og‘irligi 36 kg bo‘lgan 115 ta oltin buyumlardan iborat xazina va fil suyagidan ishlangan shaxmat donalari topilgan.

Bundan tashqari Professor Kato Kyudzo asos solgan Soka universiteti huzuridagi o‘sha vaqtlarda Koyama Misuri rahbarlik qilgan Buyuk ipak yo‘li arxeologiya markazi tomonidan 2006–2007 yillarda mazkur ob’yektda tadqiqot ishlari davom ettirilgan. Yapon-o‘zbek ekspedisiyasi faoliyati davomida majmuaning salmoqli hududi, jumladan, shaharning qoq markazidan o‘tgan eni 18 metrlik keng ko‘cha aniqlanib, ochiladi. Bu jarayonda katta miqdordagi gildan va gil-gipsdan yasalgan budda haykallari, devor naqshlari bo‘laklari, sopol buyumlar va numizmatikaga oid ashyolar topiladi. 

2006–2007 yillarda qazishma ishlari ibodatxonaning shimoli-sharqiy qismida olib boriladi. Bunda II–III asrlarga mansub bo‘lgan ikki sopol idishda topilgan guruch donalari muhim ahamiyat kasb etadi. Yapon mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu guruch donalari Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan japonica naviga mansub ekan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi  Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Dalvarzintepa va boshqa hududlardan topilgan xazinalar
Dalvarzintepa va boshqa hududlardan topilgan xazinalar