An’anavaiy Samarqand liboslarining rivojlanishiga nima kuchli ta’sir qilgan?

O‘rta Osiyoning poytaxti maqomiga erishgan Toshkent va Buxoro bilan qadimiy aloqalar XIX asrning ikkinchi yarmida Samarqand liboslarining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.

Samarqandda o‘zbeklar va tojiklarning istiqomat qilishi ularning liboslari majmui, kiyinish uslubi va kiyimlar atamalaridagi o‘xshashlikda o‘z aksini topdi. Samarqandning boshqa shaharlar, jumladan, Toshkent va Buxoro bilan muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilgan xo‘jalik va madaniy aloqalari liboslarda yangi shakl va tarkibiy qismlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Ayniqsa, bu jarayon ayollar libosida yaqqol namoyon bo‘lgan. 

Boshqa o‘zbek anʼanaviy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLVIII jild), (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

An’anavaiy Samarqand liboslarining rivojlanishiga nima kuchli ta’sir qilgan?