Din Tarixi Davlat Muzeyining O‘zbekiston diniy muxitiga aloqador fototekasi (1960-1970 yillar)

Din Tarixi Davlat Muzeyining O‘zbekiston diniy muxitiga aloqador fototekasi (1960-1970 yillar)

1960–1970-yillarda Din tarixi davlat muzeyi fototekasiga O‘zbekistonda 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlaridagi diniy muhit bilan bog‘liq 100 ga yaqin fotosurat kelib tushgan.

 To‘plamning bu qismi muzey xodimlari va olimlar, shuningdek, fotoagentliklardan olingan bir nechta qiziqarli rasmlardan tashkil topgan. Ularning 25 tasi O‘zbekistonga 1960-yillarning boshlarida tashrif buyurgan, DATDM direktori vazifasida ishlagan Nikolay Petrovich Krasnikovdan kelib tushgan.

19 ta fotosuratda musulmonlar va musulmonlar jamiyatining rahbarlari aks ettirilgan. 1962-yilda olingan suratda esa masjid ichi va tashqarisida namoz o‘qiyotgan yoki Qurʼon tilovatini tinglayotgan musulmonlarni ko‘rishimiz mumkin. Yana bir necha suratda esa O‘OQMDI birinchi raisining o‘g‘li va keyinchalik unga raislik qilgan mashhur din peshvosi Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tasviri tushirilgan. Krasnikov tomonidan taqdim qilingan yana 6 ta fotosuratni, aftidan, 1963-yili Toshkentda uning o‘zi olgan va ularda paranjidagi ayollar hamda diniy muassasa binosi tasvirlangan. Bu suratlar DATDM fototanlovida namoyish qilingan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.