Samarqand, Buxoro va Urganch Svetliskiy pastel grafikasida

Samarqand, Buxoro va Urganch Svetliskiy pastel grafikasida

Sankt-Peterburg (o‘sha paytdagi Leningrad)lik rassom-meʼmorlar sanaluvchi I.A. Bartenev (1911–1985 yillar) va S.P. Svetliskiy (1913–1992-yillar) ham o‘zlarining qalam va rangli yumshoq qalamda ishlangan lavhalarida O‘zbekistonning mahobatli meʼmorchilik yodgorliklarini juda jonli tasvirlaganlar.

S.P. Svetliskiyning pastel grafikasi (1974-y., 23 saqlov birligi) ham Samarqand, Buxoro va Urganchning muqaddas obidalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ular muzey tomonidan 1976-yilda rassomning o‘zidan sotib olingan. 

Sergey Pavlovich Svetliskiy I.V.  Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura instituti bitiruvchisi (1945 y.) va SSSR meʼmorlar uyushmasining aʼzosi (1946 y.) bo‘lgan rassom dam och, dam to‘q havorang asosda pastel, guash va flomasterni mohirlik bilan qo‘llagan holda meʼmorchilik uyg‘unligini ifodalagan. Rasmlarda meʼmorchilik bezagi va naqshlar belgilari juda uyg‘un holda o‘z aksini topgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.