Din Tarixi Davlat Muzeyidagi Gobermanning ajoyib asarlari

Din Tarixi Davlat Muzeyidagi Gobermanning ajoyib asarlari

Dinga qarshi markaziy Muzeyning O‘zbekistonga oid badiiy to‘plamini rassom va meʼmor D.N. Gobermanning ajoyib asarlari yakunlab beradi.

Bu asarlar muzeyga tuhfa sifatida 2011 yil V.A.  Dimshis tomonidan kelib tushgan. David Noyevich Goberman (1912–2003 yy.) Minsk shahrida tavallud topgan. 

Oliy taʼlimni u  dastlab Leningrad muhandislik-qurilish instituti (LMQI)da olishni boshlagan bo‘lsa, keyinroq Sanʼat akademiyasining meʼmorchilik fakultetiga o‘tgan va o‘qishni 1939  yilda tamomlagan. Akademiyani tugallagach, yosh rassom harbiy xizmatga chaqiriladi va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha Uralga yuboriladi. U yerda ijodkor harbiy xizmatini o‘tash davomida Perm shahridagi harbiylar uylarini loyihalashtirish va qurilishida ishtirok etadi. Uning bu sohadagi faoliyati muvaffaqiyatli kechgani bois, meʼmor turli etyudlar yaratish uchun ikki marta mukofot tariqasida O‘rta Osiyoga yuboriladi. Shu tarzda Gobermanning ijodida Samarqand meʼmorchiligiga oid bir qancha ishlar dunyo yuzini ko‘rgan. Rassom 1940-yillarning oxiri 1950-yillarning boshlarida O‘rta Osiyo mavzusiga qaytadi va tabiat qo‘ynida qilingan qoralamalar asosida ajoyib rasmlar yaratadi.

Gobermanning meʼmorchilik manzaralarida uning meʼmor sifatidagi bilimlari (uyg‘unligi tuzilmasi va manzarali o‘rinlatishni anglash) bilan birga Van-Gog, Matiss va Marke kabi postimpressionistlarning taʼsirini kuzatish mumkin. O‘rta Osiyo o‘zining yorqin bo‘yoqlari bilan rassomning o‘ziga xos «impressionistik Fransiya» sifatidagi chanqoq kuzatish taassurotlarini ifoda etishga zamin yaratgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.