Amir Temur inshootlari Goberman qalamida

Amir Temur inshootlari Goberman qalamida

O‘rta Osiyo ruhi bilan boyitilgan manzaralarni yaratar ekan, Goberman 1950-yillardan to o‘zining sermazmun uzoq umri yakunigacha o‘z taqdirini xalq sanʼati, etnografiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga oldindan zamin yarata olgan.

Shuningdek, Goberman Moldova va Karpat hududlarining xalq sanʼati va anʼanaviy meʼmorchiligining eng yirik tadqiqotchisi darajasiga erishgan. Moybo‘yoqdan to rangli qalamlarga qadar turli uslublarda ishlangan Samarqand manzaralari o‘z ijodiy izlanishlarini belgilab bergan va hayot yo‘lida samarali mehnat qilgan rassom umrining muhim bosqichiga aylangan. 

Din Tarixi Davlat Muzeyi to‘plamidan Gobermanning 1940-yillar oxirlarida ishlagan o‘nta asari o‘rin olgan. Ushbu albomga esa rassomning beshta – uchta manzarali, bitta rangli yumshoq qalamda va bitta akvarel uslubda ishlangan asarlari kiritilgan. Ijodkor Amir Temur 1399–1404-yillarda qurdirgan Bibixonim masjidi xarobalarini (hozirda tiklangan) matoga moybo‘yoq bilan ishlagan. 1380-yilda Amir Temur barpo etgan Ruhobod maqbarasi va 1619–1636  yillarda qurilgan, Registon maydonining ajralmas qismi sanalgan mashhur Sherdor madrasasi qalin qog‘ozda tasvirlangan. Din Tarixi Davlat Muzeyi to‘plamidagi akvarelda ishlangan sanʼat namunasida esa Tillakori madrasasi hamda Registon majmuasining bir qismi o‘z ifodasini topgan (1646–1660-yillar). Va nihoyat, rangli yumshoq qalam zarralari bilan ishlangan rasmda Shohi Zinda yodgorligiga eltuvchi zina ajoyib tarzda ko‘rsatib berilgan.

D.N. Gobermanning u qadar katta bo‘lmagan, lekin juda rang-barang to‘plami o‘quvchiga rassom ijodining muhim bosqichini yaxshiroq tushunish, shuningdek, Samarqandning eng mashhur yodgorliklari bilan tanishish imkonini tug‘diradi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Amir Temur inshootlari Goberman qalamida
Amir Temur inshootlari Goberman qalamida
Amir Temur inshootlari Goberman qalamida