Sidorenkoning asarlari Din Tarixi Davlat Muzeyida

Sidorenkoning asarlari Din Tarixi Davlat Muzeyida

1930-yillarning oxirlarida muzeyga Dinga Qarshi Markaziy Muzeydan rassom V.L.  Sidorenkoning Buxoro va Samarqandning meʼmorchilik obidalariga bag‘ishlangan bir necha asarlari kelib tushgan.

 Manzara yo‘nalishi ustasi bo‘lgan Vyacheslav Leonidovich Sidorenko (1901–1944 yy.) Saratov guberniyasining Kamishin shahrida dunyoga kelgan. U meʼmor A.Z. Grinbergga shogird tushib, rassomlikni o‘rgana boshlagan. Rassom 1921  yil Saratov rassomlik-sanoat instituti (sobiq Bogolyubov chizmachilik bilim yurti)ga kirib, u yerda A.I. Savinov va P.S. Utkin ustaxonalarida taʼlim olgan. 1928  yilda esa Moskvaning “4 iskusstva” jamiyatining AQSHdagi ko‘rgazmasida ishtirok etgan. 

1933-yilda bu ijodkor Rossiya etnografiya muzeyi (o‘sha paytda «SSSR  xalqlari muzeyi») tomonidan O‘rta Osiyoga xizmat safariga yuboriladi. Maʼlum muddat Tojikistonda ham faoliyat ko‘rsatgan.V. Sidorenko asarlarida binolar juda jonli ishlangan (Mir Arab madrasasi, 1935  yil; Buxorodagi Minorai Kalon va uning masjidi, 1935-yil), shu sabab bu rasmlar tarixiy ahamiyatga ega. Xususan, bu bugunga qadar saqlanib qolmagan meʼmorchilik obidalari (Registon yaqinidagi masjid va karvonsaroy, 1935-y.)ga tegishlidir.
 
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Sidorenkoning asarlari Din Tarixi Davlat Muzeyida
Sidorenkoning asarlari Din Tarixi Davlat Muzeyida