Din Tarixi Davlat Muzeyidagi joynamozlar

Din Tarixi Davlat Muzeyidagi joynamozlar

Din Tarixi Davlat Muzeyidagi faqat birgina turga oid kashtachilik buyumi bevosita islom ehtiyojlari bilan bog‘liq edi.

Bu joynamoz bo‘lib, ibodat qilish uchun yerga yoyilgan. Maʼlumki, haftada bir bor juma kuni musulmonlar masjidda juma namozini o‘qishadi. Qolgan kunlari namoz alohida, sharoitga ko‘ra istalgan yerda, masalan, safar paytida ham o‘qilishi mumkin. 

Mo‘min kishi Allohga yuzlanish uchun uni tashqi muhitdan ajratib turadigan, masjid ko‘rinishiga ega bo‘lgan kichkina joyga ehtiyoj sezgan.Kichikroq matoning o‘zi buning uchun yetarli bo‘lgan. Bu kabi buyumning o‘lchamlari amaliy zarurat hamda insonning rukuʼ va sajda qilishidan kelib chiqib hisoblangan. Oilaning har bir aʼzosi o‘z joynamoziga ega bo‘lgan. Uning muhim unsuri – ravoq yoki masjidning markazida musulmonlar yuzlanib ibodat qiladigan mehrobning tasviri tushirilishi shart hisoblangan. Mehrob «ilohiy darvoza» maʼnosini anglatib, bu foniy dunyodan boqiy dunyoga o‘tish hududini bildirgan. To‘qimachilik mahsulotlarida ham ravoq tasvirining o‘rni aynan shunday bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida bir qancha odamlarning ibodat qilishiga mo‘ljallangan joynamozlarga bir qator mehroblar tasviri tushirilgan. Bunday buyumlarga yuzta qator yoki saf sajdasi deb aytilgan. Joynamozlar bezagida Alloh yaratgan tugal borliq va jannat muhitini anglatuvchi gulli naqshlar ustunlik qiladi. 

Din Tarixi Davlat Muzeyi  to‘plamida XX  asr boshlariga oid etnograf G.P.  Snesarev tomonidan Qo‘qondan sotib olingan, islimiy-gulli bezaklar bilan bezatilgan diqqatga sazovor joynamoz bilan ikkita mehrob tasviri tushirilgan 1960 yillarga oid ikki kishilik joynamoz, XX  asrning o‘rtalariga oid, ravoq tasviri tushirilgan yuqori qismida arabcha yozuv tushirilgan Buxoro joynamozi mavjud. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, O‘zbekiston hududiga, xususan, Buxoro va Qo‘qon kashtachiligiga oid buyumlarda arabcha yozuvlar kamdan-kam uchraydigan hodisa edi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Din Tarixi Davlat Muzeyidagi joynamozlar