Varipayeva to‘plamidagi uch gilam

Varipayeva to‘plamidagi uch gilam

Varipayeva to‘plamida uchta – ikkita sidirg‘a va bitta patli gilam mavjud.

Har ikki sidirg‘a gilam ham yig‘ma uslubda bo‘lib, oldindan tayyorlangan maxsus yog‘och-panellardan to‘qilgan.

Tikilgan birinchi, yaʼni terma-gilamda qoxma uslubi terma uslubidagi yo‘llar bilan uyg‘unlashadi. Gulli va yo‘l-yo‘l taxtalarning almashib kelishi gilamda yorqin ifodalangan o‘ziga xoslikni namoyon etadi. Mahsulotning bunday turi Qashqadaryo va Surxondaryoning ko‘pgina o‘zbek qabilalari tomonidan ishlab chiqarilgan.

Ikkinchi gilam ham xuddi shunday terma uslubida . Undagi besh kashta uslubidagi naqshli yo‘llar kashta bilan bezatilgan yo‘llar bilan uyg‘unlashib ketadi va oq asosda qizil va ko‘k jun bilan ishlangan. Turli xil o‘lchamdagi geometrik shakl, boy va muvozanatli ranglar uyg‘unligi ushbu gilamni o‘zbek to‘qimachiligining eng ajoyib namunasiga aylantiradi. Bunday gilamlardan to‘y marosimida to‘y ishtirokchilari nazaridan yiroq bo‘lishi uchun kelinning o‘rnini to‘sib turuvchi parda sifatida foydalanilgan bo‘lishi mumkin va shu boisdan umumiy tarzda qiz-gilam nomi bilan atalgan.

Nihoyat, tukli gilam – Farg‘ona vodiysida qirg‘iz-xidirsha urug‘lari tomonidan to‘qilgan. Uning bezaklari shakllarning rivojlanib borishi nuqtai nazaridan juda ko‘zga tashlanarlidir. Asosiy mavzu bo‘lgan haykalak deb ataluvchi xoch shaklidagi turunjda xochning uchlaridagi jingalak shox o‘rniga to‘pbarggullar ifodalangan. «Cho‘lga oid» himoya belgilari gul va o‘simliklarga almashishi kechagi ko‘chmanchilarning did o‘zgarishidagi afzalliklarni namoyon etadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Varipayeva to‘plamidagi uch gilam
Varipayeva to‘plamidagi uch gilam
Varipayeva to‘plamidagi uch gilam