Yazdiyning “Zafarnoma” asarining ushbu nusxasidan hijriy 872/milodiy 1467 – 1468 yillarda xattot Sher Ali tomonidan nusxa ko‘chirilgan.
Qo‘lyozmada qo‘shsahifali rasmlar – diptixlar va 1-a varag‘ining markazida Sulton Husayn Boyqaroning ekslibrisi joylashtirilgan shams tasviri mavjud. Illyustratsiyalar va shams keyinchalik, 1480 yilda, qo‘lyozma Sulton Husayn kutubxonasiga qabul qilinganidan so‘ng qo‘shilgan, balki shuning uchun ham baʼzi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra ular matnsiz ikki yuzli sahifalarni o‘zida aks ettiradi. Asarning birinchi va oxirgi sahifalarida Buyuk boburiy hukmdorlar Jahongir va Shoh Jahon kutubxonalarida yozib qoldirilgan ko‘plab yozuvlar mavjud.
“Sulton Husayn Boyqaro ekslibrisi bosilgan Shams” nomli ushbu illyustratsiya Baltimor (AQSH)dagi Jon Xopkins universitetining Jon V. Garrett kutubxonasida saqlanmoqda.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild, 208-sahifa) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
Bosh sahifa//AQSHning Jon V.Garret kutubxonasida saqlanayotgan “Sulton Husayn Boyqaro ekslibrisi bosilgan Shams”
AQSHning Jon V.Garret kutubxonasida saqlanayotgan “Sulton Husayn Boyqaro ekslibrisi bosilgan Shams”
Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari Amir Temur vafotidan ancha keyin, uning nabirasi Iskandar Sulton davrida, yaʼni XV asrning birinchi choragida (1424 -1425) yaratilgan bo‘lsa-da, ushbu asar Temur haqidagi boshqa tarixiy asarlar orasida buyuk sarkarda hayoti va faoliyati eng to‘g‘ri va to‘liq tavsif etilgan asar sifatida ajralib turadi.
