Sharqda qo‘lyozmalar buyurtmachilarga qanday topshirilgan?

Sharqda qo‘lyozmalar buyurtmachilarga qanday topshirilgan?

Siz ko‘rib turgan miniatyura muallifi sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzodning ustozi Mirak Naqqoshdir.

Unda buyurtmachiga qo‘lyozmani topirishining odatiy sahnasi tasvirlangan. Odatda qo‘lyozma boshidagi sahifalarning ichki betida joylashtirilgan bunday miniatyuralar asar matni bilan bog‘liq bo‘lmagan va asosan dekorativ mazmunga ega bo‘lgan, xolos. Shu bilan birga, ular buyurtmachilarni sanʼat homiysi sifatida ham ulug‘lashgan.

Miniatyurada qo‘lyozmani topshirishning tantanavor sahnasi ikkita qo‘shsahifaga chizilgan tabiat qo‘ynida tasvirlangan. O‘ng tomondagi sahifada o‘tovning oldidagi soyabon ostida, yerga keng to‘shab yoyilgan gilam ustida Samarqand hukmdori Amir Ali Barlos saroy xizmatchilari davrasida savlat to‘kib o‘tiribdi. Yana bir erkak kishi, balki u kitob ustaxonasining rahbari – kitobdor bo‘lishi ham mumkin, uning buyurtmasiga binoan tayyorlangan qo‘lyozmani unga taʼzim keltirgan holda hurmat bilan taqdim qilmoqda.

2a sahifada «Samarqand hukmdori Sulton Ali Barlosga qo‘lyozmani topshirish» sahnasining davomi tasvirlangan: unda musiqachilar musiqa chalmoqda, mirishkorlar va lochinozbozlar qo‘llarida lochini bilan bir qatorda saf tortishgan, xizmatchilar esa qo‘llaridagi tayyor taomlarni tashib keltirishmoqda.

Miniatyurada gulxayrilarning gullagan butalari, baquvvat daraxtlarning go‘zal manzarasi tasvirlangan bo‘lib, ranglarning uy-g‘unligida jazirama yoz kunining kayfiyati aks ettirilgan.

Nizomiyning “Xamsa”sidan joy olgan ushbu miniatyurani Kamoliddin Behzodning ustozi Mirak Naqqosh Hirotda 1494 yilda chizgan. Bu miniatyura ayni paytda Britaniya kutubxonasida saqlanmoqda.

Sharqda qo‘lyozmalar buyurtmachilarga qanday topshirilgan?

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild, 182-sahifa) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.