Usmon Qur'oni

Usmon Qur'oni

Din Tarixi Davlat Muzeyining ashyolar to‘plami islom diniga e'tiqod qiluvchi o‘zbek xalqining hayot tarzini ko‘rsatib beruvchi buyumlarni o‘z ichiga oladi.

«Usmon Qur'oni» nomi bilan mashhur bo‘lgan, kufiyda bitilgan «Samarqand Qur'oni»ni, ta'bir joiz bo‘lsa, ushbu to‘plamning durdonasi deyish mumkin.

Usmon Qur'oni taxminan VIII asrning birinchi choragida ko‘chirilgan eng birinchi Qur'on nusxalaridan biri hisoblanib, u xalifa Usmonning qoni tomgan Qur'on sifatida musulmonlarning alohida e'tiboridadir. Aynan ushbu xalifaning buyrug‘i bilan Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarga tushirilgan Qur'onning turli qog‘ozlardagi matnlari bitta kitobga yig‘ilgan hamda xalifalikning barcha hududlariga yetkazilgan. Turli talqinlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqa nusxalar yo‘qotilgan. Bir fitna oqibatida xalifa Usmon o‘ldiriladi va o‘sha paytda uning qo‘lida bo‘lgan Qur'onga qoni tomadi.

1869 yilda mazkur Usmon Qur'oni Samarqanddagi Xoja Ahror masjididan Sankt-Peterburgning Imperatorlik ommaviy kutubxonasiga olib kelinadi. Turkiston general-ad'yutanti fon Kaufmanning qaydnomalarida bu mashhur muqaddas kitob nusxasining kelib chiqishi shunday ta'riflanadi: "Bu Qur'on kitobi Amir Temur kutubxonasining eng yaxshi bezagi hisoblangan va Samarqandga uning o‘zi olib kelgan". Uni Rossiyaning eng nomdor arabshunoslari o‘rganib chiqqanlar va hijriy II asrga oid ekanligini tasdiqlaganlar.  

Ushbu qo‘lyozma 353  varaq bo‘lib, qalin, mustahkam teri qo‘llanilgan, kitobning 69 varag‘i yo‘qotilgani sabab, qog‘oz varaqlarga almashtirilgan. Yirik kufiy xatida zeru zabarlari bilan bitilgan matn deyarli muntazam tarzda yangilab turilgan, silliq, pishiq qog‘ozdagi keyinroq qo‘shilgan matn esa bundan mustasno. Uning dastavval qora bo‘lgan siyohlarining rangi o‘chib, to‘q jigar rang tus olgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi " "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida (XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.