Muzeyga Qoratepadan keltirilgan ilk ashyolar (6 ta jinchiroq, xum, “bet-qoʻl yuvgich” sopol koshin va quvur) 1977 yilda roʻyxatga olingan.
Devoriy naqshlar orasida stupa – maxsus buddaviylar inshooti tasviri tushirilgan noyob rasm-graffiti saqlanib qolgan.
Yumaloq chambarak tepasida joylashgan gumbazi ustida toʻrtburchak ayvoncha va bayroq ustuni tasviri bor. Bu stupalarning ilk turlaridan sanalib, u Bxadji (miloddan avvalgi II asr) davrlaridan maʼlum hamda Amaravatining koʻplab boʻrtmalarida aks ettirilgan (milodiy I asr).
Oʻz mohiyatiga koʻra bu stupa V majmua hovlisidagi stupa qoldiqlari va Fayoztepadagi ilk buddaviylar inshootlari bilan bir xil koʻrinishda boʻlgan. D majmuadagi stupa tasviri tadrijiy jihatdan aynan oʻsha gʻor shiftida dipinti yozuvi yaqinida kxaroshtxi alifbosida yozilgan “samgha” soʻzli graffiti yozuviga mos keladi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi " "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida (XII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
Qoratepadan topilgan noyob rasm-graffiti
Termiz topilmalarining bir qismi Qoratepa bilan bogʻliq boʻlib, u Oʻrta Osiyodagi eng birinchi (I–V asrlar) buddaviylik markazi hisoblanadi.
