Maʼbuda Anait haykalchasi hozirda qayerda saqlanmoqda?‌‌

Maʼbuda Anait haykalchasi hozirda qayerda saqlanmoqda?‌‌

Hozirgi Termiz shahri shimoli-g‘arbidan 5 km uzoqlikda, Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan bu yirik qadimiy shahar xarobalarining ilk tadqiq qilinishi o‘tgan asrning 20-yillariga to‘g‘ri keladi.

Eski Termizning «IX – 9-kvadrat»idan topilgan ashyolar va Qoratepa (I, II, III qatlamlar) topilmalari ilk bor E.G. Pchelina tomonidan to‘plangan. Din tarixi Davlat Muzeyiga esa ular Dinga qarshi markaziy muzeydan (DQMM) 1947-yil kelib tushgan.Ular orasida maʼbuda xaykali xam bor.‌‌

Uncha katta bo‘lmagan bo‘rtma shaklda, qizil gildan ishlangan ayol haykalchasining bo‘lagini o‘rganib, shu xulosaga kelish mumkinki, bu maʼbuda Anait, Anaxita haykalidir. Haykalchaning boshi yo‘q,biroq uning ko‘krak qismi, uning tagidagi qo‘li va bo‘ynidagi marjonini aniq ko‘rish mumkin. Kiyimining bel chizig‘i ham aniq ifodalangan bo‘lib, uning ostida esa “etagi”ning tik yo‘llari ikki qator bo‘lib ko‘rinadi. 

“Avesto”da keltirilgan Ardvisura Anaxita yer va suv, xususan, Amudaryo (Ardvi) suvi maʼbudasi bo‘lgan. Ellinizmga oid Baqtriyada Anaxita Artemida bilan tenglashtirilgan. Yunonlar paydo bo‘lgunga qadar Baqtriyada Anaxita haykali bor ibodatxona mavjud bo‘lgan.Sosoniylar davrida bu maʼbudani sosoniy malikasi libosida va tojida tasvirlashgan va uning qo‘lida gul va qush, baʼzida esa guldasta bo‘lgan. Shuningdek, Anaxita shohlarning homiysi sanalgan, shohlikka daʼvogarlar uning nomiga turli jonivorlarni qurbonlik qilganlar.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi " "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida (XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Maʼbuda Anait haykalchasi hozirda qayerda saqlanmoqda?‌‌