19-asr oxiriga kelib Oʻrta Osiyoning xattotlik sanʼatida qancha xat turlari bo'lganini bilasizmi?

Turli tarixiy sharoit taqozosi bilan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda XIX asr oxiriga qadar yetmishga yaqin xat turlari bo‘lib, ularning barchasi mazkur olti mumtoz uslubga borib taqaladi.

Yangi-yangi yozuv uslublarini yaratishda Turon, Ozarbayjon va Eronning turkiygo‘y va forsiygo‘y xattotlari barobar ishtirok etganlar. Shunday paydo bo‘lgan ta’liq, nasta’liq, shikasta, majoriy, ijoza,devoniy, jali-devoniy, riqo, qirma kabi yozuvlar qadimiy mahalliy madaniyat ta’siri, yozuv madaniyati an’analari belgilariga boy bo‘lgan. Masalan, ta’liq xati Eronning qadimgi va ilk o‘rta asr pahlaviy yozuviga yaqin va o‘rta asrlarda yaratilgan.

XIV asrdan boshlab Markaziy Osiyo va Xurosonda katta iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, ayniqsa Amir Temur saltanati barpo bo‘lishi munosabati bilan Markaziy Osiyo va Xuroson xalqlari madaniy hayotida ma’lum ko‘tarilish boshlandi.

Yozma adabiyot, kitobat ishlari, bular bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan husnixat san’ati ham rivojlana boshladi. Shuningdek mazkur hududlar madaniy markazlarida bir qator xattotlik maktablari vujudga keladi.

Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild),  “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.