ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФАНЛАР АКАДЕМИЯСИ АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙ НОМИДАГИ ШАРҚШУНОСЛИК ИНСТИТУТИ ТЎПЛАМИ (5- ҚИСМ)

Tavsif

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondiga bag‘ishlangan 25-jild (5-qism)da miniatyura rassomchiligi va xattotlik sanʼatining betakror namunalari saralab olingan va tahlil qilingan. Sirasini aytganda miniatyuralarning o‘zi ham O‘rta Osiyo, ham Shimoliy Hindistondagi turli sanʼat maktablari (Boburiylar maktabi) anʼanalarini aks ettiruvchi chinakam durdona asarlardir. Miniatyuralar bilan bezatilgan eng qadimgi qo‘lyozma Rashididdinning “Jome at-tavorih” (inv. № 1620) asarining nusxasi bo‘lib, unda Chingiz avlodidan bo‘lgan turli xonlarining, xususan, O‘gadayxonning xotini bilan va Xulaguxonning o‘z xotini bilan birga ishlangan dabdabali rasmiy portretlari aks ettirilgan. Ikkala juftlik ham odob-axloq qoidalariga amal qilgan holda, gilamlarda yoki pastak o‘rindiqlarda o‘tirgan holda tasvirlangan. Buxoro, Samarqand va Toshkent (Shohruxiya)da yaratilgan Movarounanahr maktabi miniatyuralariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Movarounnahr miniatyurasining Hirot maktabi bilan aloqadorligi sezilib tursa-da, bu maktab o‘ziga xos alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan hodisadir. Jildda xattotlik sanʼati yangicha, jonli gavdalantirilgan pozitsiyalar orqali ochib berilgan, unda qitobxon Hirot, Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Qo‘qon shaharlarida ijod qilgan mashhur xattotlarning nomlari bilan yaqindan tanishishi mumkin. 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi dunyodagi eng boy qo‘lyozmalar xazinalaridan biri sifatida YUNESKOning “Jahon xotirasi” reyestriga kiritilgan.