Kofirqal'a — kumush idishlar makoni

Sug'diyonada va sug‘diylar yashaydigan yerlarda ishlab chiqarilgan kumush o‘z vatanida ham juda yuqori baholangan.

Bebaho kumush buyumlar kulolchilik san’atida ham ko‘plab taqlid uslublarni keltirib chiqargan. VII asr oxirida va VIII asrda Samarqanddan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan Kofirqal’a ko‘hna shaharchasida, to‘laqonli zavod ko‘rinishidagi keramika ustaxonalari mavjud bo‘lib, ular butun  Samarqand va uning atrofidagi shaharlarning idish-tovoqqa bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib kelgan. Kofirqal’ada oshxona xumlari, krujkalar va likopchalar,  ya’ni har bir oilaning kundalik hayotida zarur bo‘lgan keng turdagi idish-tovoqlar ishlab chiqarilgan.

Idishlar kumushning chaqnashiga o‘xshash tusga kirishi uchun ular shaffof qoplama (slyuda) bilan bo‘yalgan; ularning shakllari kumush oshxona  idishlaridan ham ko‘chirilgan. 

Kofirqal’a kulollari tomonidan tayyorlangan idishlar nafaqat Samarqandda keng tarqalgan, balki Kofirqal’a mahsulotlari uchun an’anaviy sanalgan shaffof qoplama (slyuda) bilan bo‘yalgan idishlarning qismlari Samarqand viloyati va hatto Zarafshonning yuqori qismida joylashgan manzilgohlardan ham topilgan. Tasviriy san’atda bo‘lgani kabi, kumushlarda ham qo‘shni xalqlar san’atining muhim yutuqlarini o‘zlashtirgan va ularni ijodiy jihatdan qayta ishlagan sug‘diy san’atining sinkretizmi yaxshi namoyon bo‘ladi. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Sugʻdiyona ipak yo‘lining yuragi” kitob-albomida (XXXV jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Kofirqal'a — kumush idishlar makoni
Kofirqal'a — kumush idishlar makoni
Kofirqal'a — kumush idishlar makoni