СУҒДИЁНА: ИПАК ЙЎЛИНИНГ ЮРАГИ
Tavsif
Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan So‘g‘diyona hech qachon mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lmagan, lekin uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasiga baho berish juda qiyin. Ushbu madaniy-tarixiy mintaqaning aholisi Buyuk Ipak yo‘lida hal qiluvchi taʼsir kuchiga ega bo‘lishgan. Ular savdo mollarining oqimlarini o‘z qo‘llariga olib, turli mamlakatlar va sivilizatsiyalar muloqotida o‘ziga xos vositachilarga aylanishgan. Bu xususiyat ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d madaniyatini nufuzini oshirgan. So‘g‘d sanʼati deganda, saroylarning devorlarini bezatib turgan hayratlanarli darajadagi go‘zal devoriy rasmlari, badiiy metall buyumlar, matolar, ossuariylar va dafn uchun mo‘ljallangan toshtobut (sarkofag)lar va boshqa shu kabi ko‘p narsalar tushuniladi. Aynan mana shu eksponatlar mazkur jildda taqdim etilgan bo‘lib, ularning illyustrativ qismiga So‘g‘diyona hududida va uning chegaralaridan uzoq yurtlarda yaratilgan yodgorliklar kiritilgan. Ushbu jild ustida O‘zbekiston, Xitoy, Italiya va Rossiyadan kelgan olimlarning xalqaro guruhi ish olib borgan. Kitob-albom O‘zbekistondagi birinchi ilmiy nashr bo‘lib, unda So‘g‘d merosining dolzarb masalalari muhokama qilingan va turli mamlakatlarning muzeylarida saqlanayotgan So‘g‘d madaniyati bilan bog‘liq eksponatlar taqdim etilgan.