XIX-asrda Markaziy Osiyoda qaysi xat turlari keng tarqalgan?

XIX-asrda Markaziy Osiyoda qaysi xat turlari keng tarqalgan?

XIX-asrda xattotlar Markaziy Osiyoda keng tarqalgan nasx, nasta’liq va suls xat turlarini mukammal bilmog‘i shart hisoblangan.

Nasx xatida odatda Qur’oni Karim, hadislar yozilgan. Nasta’liq xati bilan ko‘proq badiiy adabiyot va tarixiy asarlar ko‘chirilgan. Suls xatidan esa ilmiy asarlarni ko‘chirishda, badiiy asarlar sarlavhalarini, fasl nomlarini, bob va ruknlarini ajratishda foydalanilgan. Bulardan tashqari xattotlar tomonidan nasriy qissalar, yilnoma kabi asarlarni ko‘chirish uchun rayhoniy xatiga murojaat etilgan. Ba’zan badiiy-adabiy asarlar uchun shikasta, qonunchilik hujjatlari, farmon va buyruqlar uchun tavqi, kundalik ish yuritish yozishmalari va maktub munshaot uchun riqo kabi xat turlaridan foydalanilgan. 

Badiiy yozuv taraqqiyotining tamoyili, avvalo u yoki bu davr va uning nafosati hamda amaliy talablari bilan bog‘liqdir. Manbalarning guvohlik berishicha, ming yildan ko‘proq davrda tadrijiy o‘sish yo‘lini bosib o‘tgan olti xat uslubi (nasx, suls, riqo, rayhoniy, tavqiy, muhaqqaq) asosida ularning turli-tuman uslubiy xillari yuzaga keldi. Turli tarixiy sharoit taqozosi bilan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda XIX asr oxiriga qadar yetmishga yaqin xat turlari bo‘lib, ularning barchasi mazkur olti mumtoz uslubga borib taqaladi.

Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumotni olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.