1-sentabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi bayrami bilan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati a'zolari nomidan  muborakbod etamiz.

Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans g‘oyasi hamda tub islohotlar jarayonida olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarda biz ham faol ishtirok etayotganimizdan, vatanimizning bebaho, go‘zal madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib etishda o‘z hissamizni qo‘shayotganligimizdan benihoya xursandmiz.
Eng ulug‘ va eng aziz bayram – Mustaqillik kuni bilan yana bir bor qutlar ekanmiz, barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, ijtimoiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Chuqur hurmat va ehtirom bilan, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati a'zolari!

 

1-sentabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni