XV asr kitobat sanʼati

XV asr kitobat sanʼati

Islom dini tarqalishi bilan Movarounnahr shaharlari islom olamining ilg‘or ilmiy va madaniy markazlari qatoriga qo‘shila borgan.

Amir Temur nabirasi Mirzo Ulug‘bek (1394 – 1449) hukmronligi davrida, uning qo‘llab-quvvatlashi sharofati bilan, ayniqsa, ilm-fan gurkirab rivojlangan. Berlin to‘plamidagi temuriylar davrida Samarqandda bitilgan ko‘plab qo‘lyozmalar ushbu mintaqaning islom davri fani taraqqiyotidagi ahamiyatini urg‘ulaydi. XV asr kitobat sanʼatiga kelsak, temuriy namoyandalar buyuk xattotlar va miniatyurachi rassomlarni to‘plagan Hirot va Sheroz shaharlari mazkur yo‘nalishning eng yirik markazlari hisoblanadi. Ulug‘bekning otasi Shohrux (1377 – 1447), keyinchalik Husayn Boyqaroning (1438 – 1506) hukmronlik yillarida Hirotda ko‘plab mashhur rassom va adiblar yashagan. Masalan, shoir va faylasuf Nuriddin Abdurahmon Jomiy (1414 – 1492), shoir va buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy (1441 – 1501) shular jumlasidan.

Berlin to‘plamidagi ko‘p sonli qo‘lyozmalar XV asrda Hirotda kitobat sanʼati gullab yashnaganidan dalolat beradi. Bu borada Boysunqur Mirzo kutubxonasida 1411 yili bitilgan «Tabaqoti Nosiriy» qo‘lyozmasi, shoir va mutasavvif Attorning «Mantiq ut-tayr» asarining 1456 yilgi nusxasi, shuningdek, Jomiyning taxminan 1479 yili ko‘chirilgan «Nafahot ul-uns» asarini misol tariqasida keltirish mumkin. XVI asrda Samarqand va Buxoroda kitobat sanʼati faol rivojlanib borgan. Shu maʼnoda, hukmdor Ubaydullaxon (1533 – 1540) hukmronligi yillarini alohida taʼkidlash joizdir. U ko‘plab temuriy rassomlarni jalb qilgan tarzda Buxorodagi saroyida yirik ustaxona-kutubxona barpo etgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
 

XV asr kitobat sanʼati
XV asr kitobat sanʼati