ГЕРМАНИЯ ФЕДЕРАТИВ РЕСПУБЛИКАСИ ТЎПЛАМЛАРИ
Описание
Germaniya muzeylarida kelib chiqishi O‘zbekiston bilan bog‘liq bo‘lgan juda qiziqarli arxeologik va etnografik yodgorliklar saqlanadi. Ushbu jildda kitobxon Berlindagi Islom sanʼati muzeyi to‘plamida saqlanayotgan qadimiy Samarqandning kulolchilik buyumlari, Drezdendagi qurol-yarog‘ palatasida saqlanayotgan pichoq va xanjarlar, Germaniya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston ko‘hna tarixi va madaniyati bilan bog‘liq, chag‘atoy tilida yozilgan noyob qo‘lyozmalar bilan, jumladan, Alisher Navoiyning nodir qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning yulduzlar jadvallari va boshqa predmetlar bilan tanishishi mumkin. Shuningdek, Drezdendagi Linden muzeyi kolleksiyasida saqlanayotgan eksponatlar, jumladan kiyim-kechak, kitob sanʼati namunalari, kulolchilik mahsulotlari va metall buyumlar ham taqdim etilgan. Ushbu to‘plamning shakllanishi hayoti qiziqarli sarguzashtlarga juda boy bo‘lgan taniqli alpinist va olim, tadqiqotchi Villi Rikmer Rikmersning nomi bilan chambarchas bog‘liq.