Villi Rikmer Rikmers Gannover yaqinidagi Lee shahrida, bremerxafenlik kema egasining o‘ziga to‘q oilasida tug‘ilgan. Yoshligida Venada geologiya, botanika va zoologiyani o‘rgangan. Biroq unga eng zavq bag‘ishlagani bu – tog‘lar edi. Kavkazga safari chog‘ida unda O‘rta Osiyoni kesib o‘tish g‘oyasi tug‘ilgan va shu tariqa 1894 yili ilk bor Buxoroga qadam qo‘ygan.
Rikmers to‘plamida shoyi va adraslarning bir necha bo‘lagi va ulardan tayyorlangan buyumlar muhim o‘rin egallagan. Ushbu “kemtik” maʼlum maʼnoda o‘ziga xos jumboq hamdir, negaki Rikmers to‘plamining tahlili u mahalliy hunarmandchilikning barcha muhim yo‘nalishlarini ifodalovchi ashyolarni yig‘ishga intilgani haqida tasavvur uyg‘otadi. Abr matolarning yo‘qligini uning Qirollik etnologiya muzeyiga qilgan sovg‘asining bir qismi yo‘qolgani sababli Berlinga yetib kelmagani bilan izohlash mumkin. To‘plamning ushbu bo‘lagi abrbandi usulida tayyorlangan bir necha bosh kiyim va bir juft ipak mato bo‘lagidan iboratdir. Bundan tashqari, Rikmers tomonidan to‘plangan ko‘plab to‘nlarning shoyi astari bor.
Sovet davrida abr matolarni ishlab chiqarish korxona va fabrikalarda davom ettirilgan, biroq endi faqat ipak emas, balki ko‘proq foyda beradigan ip gazlama va sunʼiy ashyolar qo‘llana boshlangan. Shu tariqa, atlas va adras matolarga aholi keng qatlamlarining ham qo‘li yetadigan bo‘lgan. Xususan, xotin-qizlar zamonaviy bichimdagi atlas va adras ro‘mol o‘rab yurganlar. O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishishi bilan abr matolar hunarmandchiligi qaytadan dunyoga keldi. Ushbu matolar mahalliy bozor qatorida tashqi dunyoga ham chiqarila boshlandi. Qo‘lda to‘qilgan abr matolar yengil sanoatning oyoq kiyim, o‘yinchoqlar, mebel ishlab chiqarish singari turli yo‘nalishlarida qo‘llaniladi. Abrli tasvir to‘qimachilikka daxli bo‘lmagan tarmoqni ham egallagan, masalan unga bo‘lgan talab kompaniyalar logotiplari, chinni naqshi va shu kabilarni aks ettirishda ancha yuqori.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

