Movarounnaxr so‘zining maʼnosi nima?

Movarounnaxr so‘zining maʼnosi nima?

O‘rta Osiyoning VIII asrda arab xalifaligiga qo‘shilishi islom sivilizatsiyasi maydoniga kirib kelishiga sabab bo‘ldi.

Sharqiy eroniy tillar o‘rniga fors va arab tili kirib keldi. Hududning yangi nomi Movarounnahr deb atala boshladi. Bu arabchada “daryoning narigi tomoni, daryo orti” degan maʼnoni beradi. 

Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida yashovchi Sug‘d aholisi yashovchilar shimolga va sharqqa, Sirdaryo ortiga va undan uzoqroq bo‘lgan Sharqiy Turkistonga ko‘chib keta boshlashdi. Bu yerlarda ular yana kamida bir yarim asr davomida o‘z turmush tarzini saqlab qoldi. Shu bilan birga Sug‘diyona, Baqtriya va Xorazmning qadimgi madaniy merosi taʼsiri ancha vaqtgacha sezilib turdi. Bu holatlarni diniy bayramlarda, meʼmoriy yodgorlik obidalarida, uy bezaklarida, amaliy sanʼat buyumlarida ko‘rish mumkin.

 

Movarounnahrni Arab xalifaligiga qo‘shib olishda Qutayba ibn Muslim katta rol o‘ynagan. U 712–713-yillarda Samarqandga bostirib kelgandan keyin Sug‘dga «G‘olib xalifning bog‘i» deb nom berildi.       

 

Bu haqda "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi doirasida chop etilgan kitob-albomlarning "Davlat Ermitaj to‘plamining 2-qismi" (XV jild)da batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
 

Loyiha bosh homiysi – ЕrielGroup

Movarounnaxr so‘zining maʼnosi nima?
Movarounnaxr so‘zining maʼnosi nima?