Uning alohida badiiy ifoda vositasi sifatida ravnaq topishi jamiyatning sinfiy tarkibini shakllantirish, ko‘ngilxushlik uchun vaqt hamda moddiy ashyolarga ega guruhlarni ajratib olish davriga to‘g‘ri keladi. Beruniy noziktabiat, musiqa eshitishga chanqoq odamlarning paydo bo‘lishi jamiyatning ma’lum darajada rivojlanishiga yo‘l ochganini eslatib o‘tadi. Jamiyatning bu qatlami ehtiyojlari musiqaning insonga ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan musiqa haqidagi fanni yaratishga olib keldi.
O‘zbekiston janubida arxeologlar tomonidan aniqlangan (Sopollitepa madaniyati, bronza davri eramizdan avvalgi II ming yillik) uch asosiy me’moriy jihatlar sanalgan mudofaa inshootlari, ibodatxona va qasrlar ushbu davrda musiqa tarqalishining harbiy va marosimiy, diniy-aqidaviy hamda saroy muhitiga oid uchta asosiy yo‘nalishlari paydo bo‘lishi borasida faraz qilish imkonini beradi. Bu an’analar O‘rta Osiyoda ko‘p asrlar mobaynida yangi, islom tamadduni qaror topgunga qadar saqlanib kelgan.
Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (VI jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami”dan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

