Samarqand muzeyida saqlanayotgan eng qadimiy gilamlar haqida bilasizmi?

Samarqand muzeyida saqlanayotgan eng qadimiy gilamlar haqida bilasizmi?

Коллекция Музея собрала в себе, преимущественно, образцы ковров производства середине XIX века.

Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasida saqlanayotgan gilamlarning namunalari orasida eng qadimiysi XIX asrga oid. O‘zbeklarning gilamdo‘zligi namunalari uzun patli, kalta patli va palos gilamlardan iborat. Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva va boshqa shaharlar aholisi orasida pishiq to‘qima gilamlardan foydalanishga talab katta bo‘lgan. Ular o‘ziga xos soddalik va bezaklarining ochiqligi, qizil-malla ranglar uyg‘unligi va teranligi bilan ajralib turgan. O‘ziga xos qalin patli julxirs gilamlari bir nechta uzun bo‘laklarni ulab to‘qilgan. Ularning o‘ziga xosligi kompozitsiyalarning mahobati, bezaklarning umumlashgani va malla, ko‘k, qizil ranglar to‘q gammasining ustunligi bilan ajralib turadi. Palos matolardan o‘zbeklar ro‘zg‘or va xo‘jalik uchun kerakli boshqa buyumlar ham tayyorlashgan.

Palos to‘qish texnikasi o‘zining mukammalligi bilan ajralib turadi. Paloslar keng o‘ramli va tor o‘ramli g‘altaklarda qoqma, naqshli, g‘ajari va besh kashta uslublarida to‘qilgan. Ushbu palos mahsulotlar bezaklarining asosiga handasaviy xususiyatli romb, uchburchak, ilonizi chiziqlar, trapetsiya, kvadrat kabi yirik ramziy belgilar joylashtirilgan. Juda ko‘p hollarda ular pog‘onali kontur bilan tasvirlangan. Qashqadaryo viloyatida keng tarqalgan qadimiy arabi gilamning bo‘yoqlar uyg‘unligi qizg‘ishmalla, to‘q sariq, to‘q ko‘k, to‘q yashil, oq va qora kabi besh-olti xil ranglarni o‘z ichiga olgan. Naqshin bezaklar rangi va hoshiyasi har doim qarama-qarshi ranglar uyg‘unligida tasvirlangan.

Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining badiiy to‘qimachiligi, shuningdek o‘ziga xos bezaklari, qo‘riqchi mazmunidagi gajak shaklli qo‘y shoxi – qo‘chqorak tasviri tushirilgan kigizlar bilan ham bog‘liqdir.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” kitob-albomida (XVIII jild) tanishishingiz mumkin.


Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Samarqand muzeyida saqlanayotgan eng qadimiy gilamlar haqida bilasizmi?