САМАРҚАНД ДАВЛАТ МУЗЕЙ-ҚЎРИҚХОНАСИ ТЎПЛАМИ

Tavsif

Samarqand o‘zining ko‘p asrlik shonli tarixi davomida ko‘plab voqealarni boshidan kechirgan, Rim va Bobil bilan tengdosh bo‘lgan, dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir. U deyarli tashkil topgan paytdan boshlab poytaxt maqomiga ega bo‘lib, So‘g‘diyonaning eng yirik markaziy shahriga aylangan. Iskandar Zulqarnayn ham uning go‘zalligiga maftun bo‘lgan; oradan asrlar o‘tgan bo‘lsa ham, shahar Buyuk ipak yo‘lining sarhadlari bo‘ylab sayohat qilgan barchani hayratda solib keladi. Qoraxoniylar davrida Samarqand islom sivilizatsiyasining yirik markaziga, ilm-fan va madaniyat o‘chog‘iga aylangan. Ammo shaharning chinakam gullab-yashnagan davri Amir Temur nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u uni o‘zining shukuhli poytaxtiga aylantirgan. Tarixning yuqorida eslatib o‘tilgan har bir davri ushbu jildning sahifalarida ko‘rish mumkin bo‘lgan ajoyib badiiy yodgorliklarda o‘z aksini topgan. Misol uchun, biz bronza davrini zargarlik buyumlari, loydan yasalgan sopol buyumlar, petrogliflarning noyob namunalari orqali o‘rganishimiz mumkin. Tangalar kolleksiyasi, gorelyef(tekis sathga ishlangan bo‘rtma shakl, naqsh) fragmentlari va terakota frizlari qadimgi davr haqida maʼlumot beradi. Ilk o‘rta asrlar oid predmetlar, birinchi navbatda, qirol Varxuman saroyidagi rasmlar bo‘lib, ularning kashf etilishi arxeologiya fanida juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Ko‘p figurali kompozitsiyalar va murakkab syujetli rang-barang rasmlar tomoshabinni tom maʼnoda maftun qilib qo‘yadi. Mazkur jildda ushbu devoriy rasmlarning fragmentlari keltirilgan. Temuriylar va o‘zbek xonliklari davriga oid bo‘limlar ham juda ajoyib.