XIX-XX asrlarning adras, atlas va beqasamlari...

Samarqand muzeyi XIX asr va XX asr boshlariga oid o‘zbek va tojik xalqlari anʼanaviy kashtachiligining ajoyib to‘plamiga ega.

Gul bosish sanʼati – oq ip gazlama matoga gul bosish asosan ikki xil – qizil-qora va ko‘k-qora ranglarda bajarilgan. Bezaklar taxtadan yasalgan bosma qoliplar bilan bosilgan. XIX asrga kelib o‘zbek badiiy gazlamalarini ishlab chiqaruvchi asosiy markazlari shakllandi. Qariyb hamma shaharlar va qishloqlarda uy sharoitida tayyorlanadigan, ommabop arzon gazlamalar bilan birga maxsus to‘quv ustaxonalarida go‘zalligi ko‘zni quvnatadigan, yuqori sifatli ip gazlama, nimshoyi, zarbof, ipak va jun gazlamalar ham ishlab chiqarilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida to‘qimachilik sohasi O‘zbekistonda hunarmandchilikning eng rivojlangan tarmog‘i hisoblangan. Buxoro, Namangan, Marg‘ilon, Samarqand, Shahrisabz, Kitob, Qarshi, Xo‘jand, Urgut, Xiva shaharlari o‘zlarining gazlamalari bilan dunyoga dong taratgan. Qalami, olacha, susi, chit matolari va ip gazlamalardan: beqasam, banoras, bosma, adras, duro‘ya, yakro‘ya, atlas, baxmal; ipak gazlamalardan: shoyi, atlas, xonatlaslar eng ko‘p tarqalgan matolar sanaladi. Ipak, nimipak, shoyi, atlas, adras, beqasam, olacha va boshqa matolar ustalarning betakror bichimlar va nafis ranglarni tanlash mahoratini o‘zida namoyon etadi.

Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasida turli xil matolarning boy kolleksiyalari to‘plangan. Ranglarining farqi va bezaklarining mazmuniga qarab ipak, nimipak va ip-gazlama matolardan erkaklar va ayollarning ustki kiyimlarini tikishda foydalanishgan. XIX asr va XX asrning boshlarida ayollar liboslarining ayrim kiyim turlari, bosh kiyimi va bezaklarini inobatga olmasa erkaklarniki bilan o‘xshash bo‘lgan. Turli bichimdagi yumshoq teridan yoki matodan tikilgan anʼanaviy etiklar ham kashta bilan bezatilgan. Muzeyda anʼanaviy o‘zbek erkaklar va ayollar kiyimlarining turli xil namunalari ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” kitob-albomida (XVIII jild) tanishishingiz mumkin.
 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

XIX-XX asrlarning adras, atlas va beqasamlari...
XIX-XX asrlarning adras, atlas va beqasamlari...
XIX-XX asrlarning adras, atlas va beqasamlari...
XIX-XX asrlarning adras, atlas va beqasamlari...
XIX-XX asrlarning adras, atlas va beqasamlari...