XIX–XX asrlarda O‘zbekistonda qanday gilamlar to‘qilganini bilasizmi?

Davlat sanʼat muzeyi ekspozisiyasida Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Amudaryo etagining XIX – XX asr gilam mahsulotlari namoyish qilingan.

Bu to‘shaladigan patli va sholchali gilamlar, yuk qoplar – xurjunlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va kiyim saqlanadigan qoplardir. O‘z navbatida patli gilamlar Andijonda tayyorlanadigan kalta patli va Samarqandning uzun patli gilamlari julxirs («ayiq terisi») gilamiga bo‘linadi. Gilamchilik ayollarning uy hunari xususiyatiga ega bo‘lib, asosan chorvadorlar turmushida keng tarqalgan. 

Andijon viloyati qirg‘izlarining xidirsha gilamlari qiziqarlidir, ular qizil-ko‘k bo‘yoqlar gammasi va qo‘chqor shoxlarining uslublashtirilgan tasvirlari bilan birikuvida rombsimon medalonlarning o‘ziga xos kombinatsiyalari orqali ajralib turadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo gilamchiligi patsiz gilamlar bilan namoyish qilingan. Ushbu viloyatlarda arabi, qoxma, terma, g‘ajari, taqir gilam, qiz-gilam va oq-enli kabi gilamlar an’anaviy ravishda to‘qilgan. Oxirgi tur aralash texnikada bajarilgan: g‘ajari chiziqlari kashta bilan bezatilgan chiziqlarga mos kelgan. Bunday paloslar kelin sepining zaruriy qismi hisoblangan.

Bu haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.