ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ САНЪАТ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМИ
Tavsif
O‘zbekiston Davlat sanʼat muzeyi mamlakatimizdagi eng yirik muzeylardan biridir. Unda tasviriy va bezak sanʼatining yuz mingdan ortiq namunalari jamlangan. Ushbu jild kitobxonga muzey to‘plamining qaysidir jihatdan O‘zbekiston hududi bilan bog‘liq bo‘lgan qismiga baho berish imkonini taqdim qiladi. Birinchi navbatda bu miloddan avvalgi I asr va milodiy I asrlar oralig‘ida yaratilgan, Xolchayondagi ellin davriga oid manzilgohning arxeologik yodgorliklari, milodiy VII–VIII asrlarga oid Quvadan topilgan buddaning haykali va Varaxsha devoriy suratlari, milodiy IX–XIIasrlarga oid Axsiket, Toshkent va Afrosiyobning kulolchilik mahsulotlari, milodiy XVI–XVII asrlarga oid Buxoro va Shahrisabz madrasalarida ishlatilgan koshinlardan iborat. XIX asr va XX asrning boshlaridagi amaliy bezak sanʼatiga bag‘ishlangan bo‘lim alohida ahamiyatga ega. Bu yerda eng yaxshi kashta-so‘zanalar, kulolchilik mahsulotlari, zargarlik buyumlari, turli matolar taqdim etilgan... Mualliflar, shuningdek, zamonaviy tasviriy sanʼat va haykaltaroshlikka eʼtibor qaratgan holda, Turkiston avangardi nomi bilan mashhur bo‘lgan ilk davrga oid asarlarni, xususan Aleksandr Volkov, Aleksandr Nikolayev (Usto Mo‘min), Nikolay Karaxan va XX asrning ikkinchi yarmida nomlari mamlakat madaniyatining yuksalishiga xizmat qilgan boshqa rassomlarning kartinalarini ham taqdim qilishgan.