Shodi mulk maqbarasi peshtoqidagi yozuvlar nimani anglatadi?

Shodi mulk maqbarasi peshtoqidagi yozuvlar nimani anglatadi?

Shodi Mulk maqbarasi peshtoqi pilonlari – shohustun ravoqlarida katta bag‘ishlov kitoba saqlangan.

Xati devoniy uslubi unsurlarini o‘zida aks ettiruvchi g‘ubor xatidir. Diakritika – zeru zabar qo‘yilmagan. Matnning bir qismi yo‘qolgan. Badiiy bezash uslubi – o‘yma koshinkorlik (harflari oq, firuza va to‘q moviy fonda).
Bu binoning yorqin nur taratishi va porlab turishidan [quvonib] jannat hurlari suhbat qurishar, va hurlar uning chiroyli manzarasini ko‘rib, bu haqda munozara etishar, va osmon ham uning [chiroyidan hayratlanib]yomg‘ir tomchilarini ovoza bilan sochar... Uni [Qutlug‘ Tur]kon Oqo ... , jigarporasi – O‘ljay Shodi Mulk Oqo uchun (qurdirdi). U yetti yuz yetmish uchinchi yil jumodi us-soniy [oyi]ning yigirmanchi [1372 yilning 5 yanvari] kuni mehribon [Alloh]ning rahmatiga bordi.
Peshtoq shohustunlari quyi qismida to‘rtta to‘g‘ri burchakli kitobalarda hadislar bitilgan. Xati nasx uslubi unsurlariga ham ega qiyalama g‘ubor xati. Zeru zabarlari yo‘q. Har ikkala hadislar boshlanishi o‘ng ustunda, yakunlanishi esa chap ustunda.

Payg‘ambar alayhissalom: «O‘lim – mo‘minga tuhfa, g‘animat», – dedilar.
Payg‘ambar alayhissalom: «O‘lim – mo‘min uchun rohat», – dedilar.

Memorial ansambl binolari haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy epigrafikasi” turkumidan “Samarqand. Shohi-Zinda” kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

 

Shodi mulk maqbarasi peshtoqidagi yozuvlar nimani anglatadi?