Rossiya etnografik muzeyi kolleksiyasida XIX asrda yashagan buxorolik zargarlar tomonidan tayyorlangan qanday ot abzallari saqlanishini bilasizmi?

Rossiya etnografik muzeyi kolleksiyasida XIX asrda yashagan buxorolik zargarlar tomonidan tayyorlangan qanday ot abzallari saqlanishini bilasizmi?

Rossiya etnografik muzeyidagi ot abzallari orasida bunday buyumlarning buxorolik zargarlar ishlagan turli bezakli namunalari alohida guruhni tashkil etadi.

Bunday anjomlarni oltin yoki kumushdan ishlash uchun shaharlik ustalarga buyurtma berilgan va ular qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Egarlarga turli naqshlar, miniatyuralar chizilib, uning usti va tag qismi uchun maxsus zardo‘zi yopinchiqlar tikilgan. Bularning barchasi birgalikda amirlik saroyidagi yuqori rutbali amaldorlarning tantana liboslari qimmati va hashamatidan ham yuqori turgan.

Qurbon va Ramazon hayitlarida Buxoro amiri va uning oila a’zolari sayrga chiqadigan otlardagi anjomlar anchagina ajralib turgan. Xuddi ana shunday ot anjomlari qo‘shni mamlakatlar hukmdorlari, shu jumladan, Rossiya podshohlariga sovg‘a sifatida jo‘natilgan.Rossiya etnografik muzeyida saqlanayotgan ana shunday qimmatbaho buyumlardan ko‘pchiligi ashaddiy ot ishqibozi hisoblangan Buxoro amiri Said Abdulahad Bahodirxon tomonidan (1885–1910) Aleksandr uchinchi yoki Nikolay ikkinchiga yuborilgan. 

Buxoro amiri 1893 yilda Peterburgga qilgan tashrifi chog‘ida olib borgan hadyalari orasida turli – tekin, turkman, o‘ratepa, qo‘ng‘irot zotlariga mansub 17 ta ot, shuningdek, anjomlar orasida turli xil oltin va kumush uzangilar, ipak va zardo‘zi qimmatbaho baxmal yopqichlar, yugan, ayil va boshqa ashyolar mavjud bo‘lgan. Ularning ayrimlari keyinchalik REM kolleksiyalari orasiga tushib qolgan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Rossiya etnografiya muzeyi to‘plami” (Sankt-Peterburg, Rossiya) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.


 

Rossiya etnografik muzeyi kolleksiyasida XIX  asrda yashagan buxorolik zargarlar tomonidan tayyorlangan qanday ot abzallari saqlanishini bilasizmi?