РОССИЯ ЭТНОГРАФИЯ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМИ

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

РОССИЯ ЭТНОГРАФИЯ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМИ

РОССИЯ ЭТНОГРАФИЯ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМИ

Tavsif

Nima uchun o‘zbek matolari va zargarlik buyumlaridagi qush tasviri alohida ahamiyatga ega bo‘lgan? Nega odamlar ipak matolarni bunchalik yaxshi ko‘rishgan? O‘zbekiston hududida yashovchi turli etnik guruhlar amaliy sanʼatining o‘ziga xosligi nimada bo‘lgan? Bu savollarning barchasiga javoblarni Rossiya etnografiya muzeyi to‘plamlarida saqlanayotgan o‘zbek sanʼati durdonalari taqdim etilgan mazkur kitob-albomning sahifalaridan topish mumkin. Nashr etilgan artefaktlarning bir qismi Etnografik muzeyning tashkil etilishida bosh-qosh bo‘lgan etnograf, rassom, fotograf va sayohatchi Samuil Dudinning ekspeditsiyasi tomonidan to‘plangan kolleksiyaga tegishlidir. Jildning sahifalarida taqdim etilgan eng qimmatli nodir buyumlar Buxoro amirlari saroylarining ustaxonalarida tayyorlangan, keyin esa 1890 yillarning oxirida Peterburga, oqposhsho oilasining aʼzolariga sovg‘a sifatida jo‘natilgan. Ular juda serhasham naqshlar bilan bezatilgan liboslar, ziynatlangan sovg‘a qurollari va ot jabduqlari, malikalarga atalgan tilla taqinchoqlardan iborat bo‘lgan. Ularning barchasi birgalikda Buxorodagi saroy sanʼatining yuksak darajasini namoyish qiladi. Jilddan oqsuyaklar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar bilan bir qatorda badiiy fazilatlari bo‘yicha hech qaysi libosdan kam bo‘lmagan xalq amaliy sanʼati namunalari ham o‘rin olgan. Bular o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, buxorolik yahudiylaridan iborat oddiy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan kulolchilik, to‘qimachilik mahsulotlari va metall buyumlardir.