Samarqand muzeyining maxsus bo‘limini nima tashkil qiladi?

Samarqand muzeyining maxsus bo‘limini nima tashkil qiladi?

Movarounnahr sopolida ikkita asosiy tur farqlanadi: sirlangan va sirlanmagan. Sirlangan buyumlarda shaharlik musulmonlar sanʼati xususiyatlari namoyon bo‘lsa, sirlanmagan ganchkorlik sopoli namunalari bir qancha arxaik cho‘l anʼanalari, turkiy qadriyatlar bilan bog‘liqlikni saqlab qolgan.

Masalan, IX – X asrlarda Movarounnahr shimoli-sharqida Farg‘ona va Shoshda qush shaklidagi qovg‘alar va turli xil suv idishlari ham tarqalgan edi. Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasida XI – XII asrlarga mansub sirlanmagan, shuningdek, qoliplangan keramika buyumlarining juda boy to‘plami saqlanadi, jumladan turli xil ko‘zalar, dastali piyolalar, chiroq-lampalar va keramik dasturxonlar, baland bo‘lmagan uch oyoqli original kichkina stollar ham namoyish etilgan.

Samarqand muzeyi to‘plamida o‘rta asr shishapazligi to‘plami namoyish etilgan. Ular turli xil ko‘zachalar, siyohdonlar, shisha idishlar va hokazolar bo‘lib, ifodali tasvirlar va ajoyib ranglari bilan ajralib turadi. Shu davrdan boshlab bronza va misdan yasalgan yangi shakldagi buyumlar – to‘rtburak shakldagi barkashlar, sharsimon va bo‘yin qismi qirrador qozonlar, isiriqdonlar, chiroqlar, ko‘zalar, uncha katta bo‘lmagan silindrsimon siyohdon va hovonchalar, yarim shar shaklidagi idishlar va bronzadan yasalgan ko‘zgular keng tarqala boshlagan. XII asrda ular guldor naqshlar orasiga joylashtirilgan hayvon va parrandalar, afsonaviy sfinkslar va taqalar, arslonboshli, qanotli maxluq va odam boshli qushlar tasviri bilan bezatilgan. Hamda bronza va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari – bilaguzuklar, shokilalar, uzuklar va boshqalar, shuningdek, suyakdan yasalgan buyumlar – taroqlar, tugmalar, antiqa shaxmat donalari, rang-barang shisha buyumlar – ko‘zachalar, idishlar, turli-tuman attorlik ashyolari saqlanmoqda.

Muzey to‘plamining maxsus bo‘limini arabcha yozuvlari bo‘lgan serdolik (qizil aqiq) toshidan yasalgan tamg‘alar, somoniylar va qoraxoniylar davrining kumush va oltin tangalari tashkil qiladi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” kitob-albomida (XVIII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Samarqand muzeyining maxsus bo‘limini nima tashkil qiladi?Samarqand muzeyining maxsus bo‘limini nima tashkil qiladi?