Buxoro ayollarining qaysi liboslari britaniyalik sayyohni hayratga solgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Buxoro ayollarining qaysi liboslari britaniyalik sayyohni hayratga solgan?

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida buxorolik ayollarning liboslari ziynatli va ko‘p qavatli bo‘lgan.

A. Borns ayollarning kiyimi erkaklarnikidan juda kam farqlanishini ta’kidlab, shunday yozadi: «Ular xuddi shunday po‘stin kiyadi. Faqat ular yenglarni kiymasdan, orqadan tugib qo‘yishi bilan farqlanadi. Ular hatto uylarida ham jimjimador bezatilgan baland baxmal etik kiyadi». 

Buxoro ayollari liboslarining tashqi ko‘rinishi boshqa hududlarga qaraganda ko‘proq shariat me’yorlari bilan belgilangan. Unga ko‘ra, libos tana tuzilishini yaqqol namoyon etishi kerak emas edi. Ayollar rang-barang shoyidan tayyorlangan keng liboslari, turfa rangli ro‘mollari, zargarlik buyumlari bilan yorqin taassurot qoldirgan. Aslzoda ayollar va amirning xotinlari libosi zardo‘zi kashta bilan bejirim bezatilar edi.

Buxorolik ayollar yorqin rangli matolardan foydalanish, qimmatbaho buyumlar bilan zeb berishni, qoshini bo‘yash va ko‘ziga surma tortishni, yuzni oqartirish va qizartirishni xush ko‘rgan. A. Borns Buxoroda ayollar tishlarini qora bo‘yoq bilan bo‘yashi, sochini o‘rib, kokillarini yelkaga tashlab yurishini qayd etgan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
Buxoro ayollarining qaysi liboslari britaniyalik sayyohni hayratga solgan?Buxoro ayollarining qaysi liboslari britaniyalik sayyohni hayratga solgan?Buxoro ayollarining qaysi liboslari britaniyalik sayyohni hayratga solgan?Buxoro ayollarining qaysi liboslari britaniyalik sayyohni hayratga solgan?Buxoro ayollarining qaysi liboslari britaniyalik sayyohni hayratga solgan?