Qadim zamonlarda Markaziy Osiyoda plastik sanʼat monumental va kichik shakllarda alohida taraqqiyotga erishgan. Uning rivojlanishiga ellinizm turtki bergan.
Antik haykaltaroshlik ellinizmdan inson shaxsiyatiga qiziqish va skif-sak sanʼatidan ekspressiya va ko‘chmanchi sanʼatga xos bo‘lgan dinamizmni o‘zida singdirib olgan.
Odatda tanganing old tomonida hukmdorning yon tarafdan tasviri, chap tomonda antik homiy maʼbudalar yoki qahramonlardan birining tasviri tushirilgan. Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi Yunon-Baqtriya tangalari to‘plami O‘rta Osiyo xalqlarining aynan shu tarixiy rivojlanish davrini aks ettiradi.
Ellinizm mahalliy ijodiy madaniyati uchun plastik sanʼatning taʼsirchan kuchini ochib berdi. Asta-sekin plastik uslub ham shakllana boshladi. Markaziy Osiyo plastik loyning xilma-xilligi bilan boydir. Haykalning qurishi paytida uning yorilib ketmasligi va kichrayishini kamaytirish uchun unga qamish tuki yoki maydalangan jun qo‘shilgan.
Asosiy tanaga qamishdan armatura yoki yog‘och tayanch(o‘zak)lar kiritilgan bo‘lib, ketma-ket qatlamma-qatlam haykal shaklini oshirib borish bilan uning yuqori qatlamiga oxirgi model shakli berilgan. Loy juda plastik va ishlov berish uchun qulay ashyodir, lekin unchalik yorqin bo‘lmagan rangga ega, shuning uchun mahalliy hunarmandlar loydan yasalgan haykallar va relyeflarni bo‘yash usulidan foydalangan bo‘lib, interyerning yorqin bo‘lmagan yorug‘likda tasvirning modelini ajratib ko‘rsatganlar. Tarkibi bo‘yicha mineral bo‘yoq, devoriy rangtasvirda ishlatiladigan bo‘yoq kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyning ustiga yoki oq pigment ustiga surtilgan. Bunda qizil rang tuslari ustunlik qiladi – g‘ishtin-qizil rangdan to qizg‘ish va nozik pushti ranggacha ishlatilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” kitob-albomida (XVIII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
_1.webp)

_1.webp)
_1.webp)
