Miniatyura sanʼati qanday qoidalarga asoslangan?

Miniatyura sanʼati qanday qoidalarga asoslangan?

Miniatyuradagi qoidalar mumtoz adabiyotning maʼlum belgilarga oid syujetlarini tasvirlash, miniatyura sanʼatida kompozitsion tamoyillarni (masalan, tekislik, ikki o‘lchamlilik), ranglarni, proporsiyalar tizimini yoki maʼlum bir syujet yoki qahramonlarni aniq tasvirlash uchun xizmat qiluvchi meʼyoriy qoidalar tizimidan iborat bo‘lgan.

Bu tizimdagi inson obrazi mavjud dunyoning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Miniatyuradagi har qanday detal kabi odamlar qiyofasi ham majoziy, shartli ravishda tasvirlanib, yoshi yoki ijtimoiy chizgilari – hukmdor, sohibjamol, jangchi va boshqa holatlarini anglatuvchi tipik xususiyatlari bilan ajratib ko‘rsatilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild, 57-sahifa) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Miniatyura sanʼati qanday qoidalarga asoslangan?
Miniatyura sanʼati qanday qoidalarga asoslangan?