O‘zbekiston musiqiy merosining eng katta kolleksiyasi rossiyaning qaysi muzeyida saqlanadi?

Rossiya Federasiyasining madaniyat vazirligi M. I. Glinka nomidagi musiqa madaniyatining Butunrossiya muzeylar birlashmasi (MMBMB) –100 yildan ortiq tarixga ega to‘ng‘ich va yirik rus musiqa muzeyi hisoblanadi. To‘liq asoslangan holda, aynan uni turli tarixiy davrlardagi O‘zbekiston musiqa merosining turli-tuman, boy va noyob jamlanmalari saqlanadigan asosiy maxsus zaxira deb hisoblash mumkin.

Mazkur jamlanmaning eng qadrli va qiziqarli ashyolari ushbu albomga kiritilgan.

Muzey N. G. Rubinshteyn nomidagi muzey nomi bilan rasman 1912 yilning mart oyida ochilgan1. Muzeyning ashyolari XIX asrning 60-yillari so‘ngida Moskva konservatoriyasi (keyinchalik P. I. Chaykovskiy nomidagi)da yig‘ila boshlangan. Uzoq vaqt davomida muzeyga faqat rus va Yevropa musiqa madaniyatiga aloqador bo‘lgan ashyolar jamlangan. 

Muzey faoliyatida yangi yo‘nalish vujudga kelishiga 1880-yillarning oxirlarida Turkiston harbiy orkestr dirijyori Avgust Fedorovich Eyxgornning O‘rta Osiyo musiqa asboblari jamlanmasining paydo bo‘lishi sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Bu jamlanma rus muzeyidagi birinchi doimiy ashyoga aylandi. 1870 – 1883 yillar oralig‘ida Turkiston o‘lkasining poytaxti Toshkentda shakllantirilgan jamlanma uning asl moddiy yodgorliklari, ya’ni musiqa asboblari orqali boshqa, o‘sha vaqtlarda tanilmagan, Yevropadagidan o‘zgacha musiqa dunyosi – Markaziy Osiyo xalqlari an’anaviy musiqasi haqida yetarli darajada yaxlit tasavvur uyg‘otdi.

Shuningdek, muzeyning kelajakdagi faoliyati, uni Rossiya va Yevropa musiqa madaniyati chegaralaridan tashqariga bosqichma-bosqich yoyish uchun ilmiy-madaniy poydevor yaratildi.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining “Rossiya Federasiyasi to‘plamlaridagi O‘zbekiston musiqiy merosi” (VI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.